Kelajak dunyosiga xush kelibsiz! Bu shunday dunyoki, unda kasalliklar, urushlar, ochlik va qarilik ustidan g‘alaba qozonilgan, ikki yuzdan ortiq ekzoplanetalar kashf etilgan va koinotni zabt etish davom etmoqda. Mukammal yangi dunyo, hamma uchun baxtli makon. Faqat Yandan tashqari. Biroq, aynan u — oddiy qo‘riqxona nazoratchisi, tasodif tufayli Yer sivilizatsiyasining keyingi rivojlanish yo‘nalishini belgilab beruvchi Katta Jyuri tarkibiga kirib qoladi.
Bizni koinotda kutishyaptimi? Koinot bizni kutyaptimi? Unga kuchimiz yetadimi? Galaktikani yanada kengroq o‘zlashtirish uchun inson miyasini "tezlashtirish" (shiddatli rivojlantirish) arziydimi? Shundan keyin inson baribir insonligicha qoladimi?
Eduard Verkin insoniyat ustidan o‘tkaziladigan global tajribalarning oqlanishi, qarilikni yengish fenomeni va kosmik missiyalarning evolyutsiyasi mavzularini tadqiq etadi. Muallif ushbu ilmiy-fantastik matnga haqiqiy psixologik proza chuqurligi va xavotirini baxsh etadi. Bu — koinot zulmati aro yulduzlarga eltuvchi yo‘lni tanlash haqidagi sovet fantastikasining eng sara namunalarini yodga soluvchi, inson qalbini larzaga keltiruvchi va chuqur o‘yga toldiruvchi ulug‘vor proza namunasidir.
Muqovasi: Yumshoq Qog‘oz rangi: Eko (tabiiy) Sahifalar soni: 432 ta
Kitobni yo‘qotib qo‘ymaslik uchun savatga (korzinaga) qo‘shib qo‘ying 📚
Suratli xatcho‘p (zakladka) — bonusga 🎁 To‘liq tavsifni o‘qib chiqing 😊

