Ella Rubinshteynning hayoti qirq yoshigacha osoyishta va tartibli kechgan edi. Namunali uy bekasi, ajoyib ona va vafodor rafiqa bo‘lgan bu ayol noma’lum muallifning qo‘lyozmasiga duch kelish uning hayotini qanday o‘zgartirib yuborishini tasavvur ham qila olmasdi. Ella "Shirin kufr" (*Sweet Blasphemy*) asarini mutolaa qilar ekan, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi: u XXI asrdagi kichik bir Amerika shaharchasidami yoki XIII asr Kichik Osiyosidami? U roman muallifi bo‘lmish sirli shaxs bilanmi yoki mashhur va sirli darvesh — Tabrizlik Shamsning o‘zi bilan yozishmoqdami? Uning qalbiga muhabbat kirib keladi va shu paytgacha u bilgan hamda qadrlagan hayotni butunlay ostin-ustun qilib yuboradi...

