Barcha sehrgarlar — yovuzdir.
Elizabet o‘zini bilganidan beri bu haqiqatni bilardi. Ostermeerning Buyuk kutubxonalaridan birida asrandi bola sifatida voyaga yetgan Elizabet sehr-jodu qurollari — javonlarda pichirlashadigan va temir zanjirlar ostida jaranglaydigan sehrli kitoblar (grimuarlar) qurshovida ulg‘aydi. Agar ularga teginilsa yoki g‘azablantirilsa, ular siyoh va teridan iborat xunuk yirtqichlarga aylanadi.
Biroq kutilmagan qo‘poruvchilik oqibatida kutubxonaning eng xavfli grimuari ozodlikka chiqadi va bu jinoyatda Elizabet ayblanadi. O‘zining ashaddiy dushmani — sehrgar Nataniel Torn va uning sirli iblis xizmatkoridan boshqa yordam so‘raydigan hech kimi qolmagach, u ko‘p asrlik fitnaning ichiga tushib qoladi. Endi nafaqat Buyuk kutubxonalar, balki butun dunyo ham olov ichida yonib ketishi mumkin.
Nataniel bilan tuzilgan ittifoq mustahkamlanib borgan sari, Elizabet o‘ziga o‘rgatilgan barcha narsalarga — sehrgarlar haqida, o‘zi sevadigan kutubxonalar haqida, hatto o‘zi haqida ham shubha bilan qaray boshlaydi. Chunki Elizabet o‘zi hech qachon tasavvur qilmagan kuch-qudratga va xayoliga ham keltirmagan kelajakka egadir.

