Bugungi o‘zbek detektiv janrida o‘z o‘rni va mavqesiga ega bo‘lib borayotgan, kasbiy faoliyatida bevosita ro‘baro‘ bo‘lgan jinoyat tafsilotlarini asarlariga ko‘chirib, sirli voqealar va kutilmagan yechimlar bilan kitobxonlar qalbiga yo‘l topayotgan ijodkor Komil Sindarovdan yangi detektiv qissa — «So‘poqsoydagi sirli qotillik» eʼtiboringiz markazida.
«O‘zbek detektivi» ruknida nashrdan chiqqan mazkur asar oldingi asarlarning mantiqiy davomi bo‘lib, unda siz bilgan prokuratura tergovchisi Sanjarbek va hamkasblarining uzoq qishloqlardan birida sodir etilgan mudhish va sirli qotillik jinoyatini fosh etishdagi kasbiy mahorati, sermashaqqat mehnati, qatʼiyati va fidoyiligi tasvirlangan.
Ayniqsa, voqealar bizning asrda, aniqrog‘i, 2012 - 2013 yillarda sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, voqelikning bir uchi moziyga – XVI asr shayboniylar hukmronligi davriga tutashib ketishi, ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan sirli qotillikning fosh etilishi asarni bir nafasda o‘qib chiqilishiga xizmat qiladi. Xullas, ming marta eshitgandan ko‘ra, bir marta o‘qib ko‘rish kerak, degan xulosaga kelib, asarni varaqlashni boshladik. Siz-chi, mutolaaga kirishdingizmi?

