Sonoff Zigbee Dongle-E — bu universal USB-stik bo'lib, kompyuteringizni yoki mini-PKni (masalan, Raspberry Pi) aqlli uyning to'liq boshqaruv markaziga aylantiradi.
- Nima uchun kerak? U turli brendlarning (Xiaomi, Tuya, IKEA, Sonoff) shlyuzlarini (hub) o'rnini bosadi va ularni bir tarmoqqa birlashtiradi.
- Chipset: Kuchli EFR32MG21 chipi asosida ishlaydi.
- Quvvati: O'rnatilgan signal kuchaytirgichi (+20 dBm) va tashqi antenna tufayli signal devorlardan bemalol o'tadi.
- Mos kelishi: Mashhur Home Assistant, Zigbee2MQTT va ioBroker platformalari bilan mukammal ishlaydi.
- Korpus: Alyuminiy korpusi issiqlikni yaxshi tarqatadi va tashqi xalaqitlardan (pomexlardan) himoya qiladi.