Sonoff MINI-DIM — Wi-Fi tarmog‘ida ishlaydigan aqlli dimmer relyesi
Umumiy tavsif
Ushbu qurilma uydagi chiroqlar yorug‘ligini (yarkostini) masofadan boshqarish uchun mo‘ljallangan. Uning asosiy qulayligi shundaki, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri Wi-Fi routerga ulanadi va ishlashi uchun qo‘shimcha xab (shlyuz) talab qilmaydi.
Asosiy xususiyatlari:
- Yorug‘likni silliq sozlash: Chiroq yorug‘ligini 1% dan 100% gacha o‘zgartirish imkonini beradi. Kechasi xira chiroq, kunduzi esa yorqin yoritishni sozlash mumkin.
- Wi-Fi ulanish: Qurilma 2.4 GHz chastotali Wi-Fi orqali eWeLink ilovasiga ulanadi. Dunyoning istalgan nuqtasidan turib boshqarish mumkin.
- Detach Relay rejimi: Jismoniy o‘chirgich (vyklyuchatel) bilan relyening ishlashini dasturiy ravishda ajratish mumkin. Bu aqlli ssenariylar tuzishda yordam beradi.
- Tugmali o‘chirgichlar bilan ishlash: Oddiy qaytariluvchi (zvunok tipidagi) tugmalar yordamida chiroqni qo‘lda xiralashtirish yoki yoritish mumkin (tugmani bosib turish orqali).
- O‘ta ixcham o‘lcham: MINI seriyasi bo‘lgani uchun u juda yupqa va kichik. Standart podrozetnikka devor o‘chirgichi orqasiga oson sig‘adi.
Texnik ko‘rsatkichlari:
- Model: MINIR4-DIM (yoki shunga o'xshash MINI Wi-Fi Dimmer).
- Kuchlanish: 100-240V AC.
- Maksimal yuklama: 1.5A (taxminan 150 Vt gacha bo'lgan LED lampalar uchun).
- Aloqa: Wi-Fi 2.4 GHz va Bluetooth (tezkor sozlash uchun).
- Material: Olovga chidamli PC V0 plastik korpus.
Afzalliklari:
- Ovozli boshqaruv: Yandex Alisa, Siri va Google Assistant orqali "Chiroqni 30 foizga yoq" deb buyruq berish mumkin.
- Taymer va grafik: Chiroqlarni ma'lum vaqtda avtomatik yonishi yoki xiralashishini sozlash (masalan, uyg‘onish vaqtida chiroq sekin yorishishi).
- Xotira funksiyasi: Tok o‘chib yonsa, chiroq o‘zi o‘chib qolmaydi, balki oxirgi sozlangan yorug‘lik darajasida yonadi.
Muhim eslatma:
- Ushbu relye ishlashi uchun albatta Nol (Neutral) simi bo‘lishi shart.
- Ishlatiladigan lampochkalar albatta "Dimmable" (yorug‘ligi sozlanadigan) bo‘lishi kerak.