Zulfu Livanelining ushbu romani noma’lum bir oroldagi voqealar orqali insoniyatning tabiatga yetkazayotgan zararlarini tasvirlaydi. Asarda inson xarakteridagi bemehrlik, qat’iyatsizlik, mas’uliyatsizlik va qo‘rqoqlik kabi illatlarning tabiatdagi hayot tizimiga ta’siri ko‘rsatiladi. Roman o‘quvchini atrof-muhit, daraxtlar, tabiiy resurslar va insonlarning jamiyatdagi munosabatlari haqida o‘ylashga undaydi.

