Komplekt tarkibiga 150×500 mm o‘lchamdagi penopoliuretandan tayyorlangan 20 ta detal, suvga chidamli yopishqoq montaj qatlami, prikatka (bosib yopishtirish) uchun rolik hamda shinaning ichki yuzasini tez va samarali tayyorlash uchun mo‘ljallangan 2 ta texnik suyuqlik kiradi.
Detallar soni 245/55 R20 gacha bo‘lgan o‘lchamdagi 4 ta shinani qayta ishlash uchun yetarli (aylana uzunligi 2500 mm gacha).
Bu detallarning o‘rnatilishi natijasida 10 kg og‘irlikdagi g‘ildirakka atigi 100 gramm qo‘shiladi va bu balansirovkaga umuman ta’sir qilmaydi.
Shinani shovqindan himoyalash uning xizmat muddati va ishlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Shovqin yutuvchi materialning xizmat muddati shinaning xizmat muddati bilan teng.
Shinaning tezlik indeksi o‘zgarmaydi.
Detallar shinaga o‘rnatilgandan so‘ng, g‘ildirak aylanishidan chiqadigan shovqin kamayadi. Shuningdek, yo‘l bilan yumshoqroq, qulayroq (premium darajadagi) aloqa hissi paydo bo‘ladi.
Bu effektni komplekt o‘rnatilgach, yozgi yoki qishki, shipli yoki shipsiz shinalarda bo‘lishidan qat’i nazar sezishingiz mumkin.

