Bir eshikli ochiladigan shkaf – ixcham va universal yechim
Bir eshikli ochiladigan shkaf ko‘p joy egallamaydi va istalgan xonaga mos tushadi. Ushbu model kolleksiyaning boshqa mahsulotlari bilan uyg‘un tarzda bir butun uslubiy kompozitsiyani yaratadi yoki mustaqil element sifatida ham interyerdan ajralib turadi.
Ichki qismi:
kiyimlar uchun uzunlamasiga joylashgan ilgichli shtanga
har xil buyumlarni saqlash uchun ikki dona tokcha
Shkaf ichki bo‘shligini ehtiyojlaringizga moslashtirish uchun qo‘shimcha tokchalar, tortmalar yoki yana bir ilgich o‘rnatishingiz mumkin. Qo‘shimcha ichki yoritish tizimi yordamida, hatto eng uzoq burchakdagi narsalarni ham oson topasiz.
Fasad qismi — Italiyada ishlab chiqarilgan 3D PVX plyonka bilan bezatilgan:
Supermatt yuzasi nafis va hashamatli ko‘rinadi, teginishda ipakdek yumshoq va yoqimli
Maxsus ishlov tufayli tirnalishga chidamli
Kichik nuqsonlar termik tekislash orqali osongina yo‘q qilinadi
ANTI-FINGERPRINT texnologiyasi — barmoq izlari deyarli qolmaydi
Shkaf eshigi yumshoq yopiladigan va shovqinsiz ishlaydigan maxsus ilgaklar (dovodchiklar) bilan jihozlangan.
Materiallar va xususiyatlar:
Fasad: 18 mm MDF, Italiya ishlab chiqaruvchisi tomonidan tayyorlangan 3D PVX plyonka bilan qoplangan. Rangi — bej. Fasadning ichki tomoni — oq rangda.
Korpus: 16 mm LDSP, Germaniyaning Schattdecor kompaniyasining “Fon Bej” dekorida.
Orqa devor: korpus bilan uyg‘un rangdagi HDFO (yupqa tolali plita).

