SOFTIB SUTLI SOVUN
Quruq terilar uchun
Foydali xususiyatlari:
Yuz terisini va badanni yumshatadi;
Yuzni oqartiradi;
Bu sovundan yuzi va badani quruq kishilar, oftobda toblanib kuygan sayohatchilar foydalansa ayni muddao bo‘ladi.
SUT — yuzni eng muloyim muolaja qiluvchi tabiiy kosmetik vosita hisoblanadi. Qadimda zodagonlar sutda cho‘milishgani bekorga emas. Biz uning xususiyatlarini kichikkina organik, tabiiy sovunimizda jamladik. Terini muloyim va silliq qiladi, yuzdagi rangni go‘zallashtiradi. Turli kimyoviy qo‘shilmalar, silikonlar va konservantlardan xoli tabiiy sof sovunimiz yuz uchun krem vazifasini ham o‘taydi.
Tarkibi:
Tabiiy sut. Sut tarkibidagi protein quruq badanni namlaydi.
Qo‘llash uslubi:
• Sovunning ko‘pigini yuzga bir tekisda surting, bir necha daqiqaga qoldiring, iliq suv bilan yuvib yuboring.
• Yuzingizni yumshoq sochiq bilan arting!
• Yuzni artayotganingizda shunga e’tibor beringki, sochiqni yuzingizga bosib pastdan tepaga, quloqlar tomon tortib, quloq oldidan pastga bo‘yin tomon yurgizing. Shunda teri orasidagi suyuqliklar yuzingizni tark etib, yuz ko‘rinishingiz tiniqlashadi va yuzingizga har kunlik muolaja massaj bo‘lib, tez orada natijasini bilasiz.
SOF TIB — TABIIY SOF KOSMETIKA
NATURAL COSMETICS

