Dezinfeksiyalovchi vosita (teri antiseptigi)
Soft Care Alcoplus vositasi tarkibida spirt bo‘lgan,
qo‘llarni va xonalardagi kichik yuzalarni dezinfeksiyalash uchun mo‘ljallangan. Vositaning hidi va rangi yo‘q, bu uni oziq-ovqat ishlab chiqarishlarida va boshqalarda qo‘llashda qulay qiladi.
Soft Care Alcoplus dezinfeksiyalovchi vositasi
izopropil spirti, shuningdek terini parvarish qilishni ta’minlovchi komponentlarni o‘z ichiga oladi. Izopropil spirti yuqori samarali dezinfeksiyalovchi vosita bo‘lib, qo‘l terisida hosil bo‘ladigan mikroorganizmlarning tarqalishini oldini oladi. Ushbu mahsulot tarkibiga qo‘l terisini samarali himoya qilish uchun parvarishlash komponenti - lanolin ham kiradi. Yumshoq formulasi tufayli vosita qo‘llarni tez-tez dezinfeksiya qilish kerak bo‘lgan obyektlarda teri parvarishi bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin (shu jumladan davolash-profilaktika muassasalarida).

