Yustayn Gorder: «Sofiyaning dunyosi»
«Sofiyaning dunyosi» — jahon falsafasi tarixini sodda va qiziqarli tarzda yoritib beruvchi falsafiy-sarguzasht roman.
Yosh Sofiya Amundsen kutilmaganda noma’lum muallifdan «Sen kimsan?» degan sirli xat oladi. Sirli faylasuf uni qadimgi yunon mutafakkirlaridan boshlab Kant va Sartrgacha bo‘lgan buyuk faylasuflarning g‘oyalari bilan tanishtiradi. Oddiy darslar asta-sekin sirlar, kashfiyotlar va kutilmagan savollarga boy hayajonli sayohatga aylanadi.
Kitob falsafani qiziqarli syujet orqali o‘rganishni istagan o‘smirlar va kattalar uchun mos.
Xususiyatlari:
• Muallif: Yustayn Gorder
• Janr: falsafiy-sarguzasht roman
• Til: o‘zbekcha
• Yozuv: lotincha
• Tarjimon: Ilhom Salimov
• Betlar soni: 620
• Qog‘oz formati: A5
• Muqova: Fleksibl
• Nashriyot: Asaxiy Books
• Chop etilgan yil: 2026
• Ishlab chiqaruvchi mamlakat: Turkiya


