BaBylissPRO® Dual Coil Trimmer maksimal aniqlik, mukammal konturlar va barqaror ishlashni talab qiladigan professional barberlar uchun yaratilgan. Innovatsion Linear Dual-Coil Motor (chiziqli ikki g‘altakli motor) bilan jihozlangan trimmer yuqori quvvat va aniq nazoratni taqdim etadi. Bu esa konturlarni mukammal chizish, aniq okantovka qilish va eng nozik detallarni ham oson ishlash imkonini beradi.
Model yangi 22 tishli MIM SPACE Blade™ chuqur tishli pichoq bloki bilan jihozlangan. U maksimal aniqlikdagi kesish, silliq ishlash va hatto intensiv foydalanishda ham pichoqning qizishini kamaytirish uchun ishlab chiqilgan. Barmoqlar uchun qulay o‘yiqlarga ega ergonomik korpus hamda mukammal muvozanatlangan vazn uzoq vaqt ishlash davomida qulaylik va to‘liq nazoratni ta'minlaydi. Simsiz konstruktsiya esa harakat erkinligini yanada oshiradi.
Mukammal konturlar yaratishdan tortib yakuniy nozik ishlov berishgacha — BaBylissPRO® Dual Coil Trimmer professional barberlar kutadigan aniqlik, quvvat va ishonchlilikni o‘zida mujassam etgan.

