Ushbu bigudi va zakolkalar to‘plami ayollar va qizlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sochni fen yoki ploykasiz, ya’ni issiqliksiz buklash imkonini beradi. Bu esa soch tuzilmasini saqlab qolishga yordam beradi.
To‘plam tarkibida 10 dona bigudi va 10 dona mahkamlovchi zakolka mavjud bo‘lib, ular sochni ishonchli ushlab turadi va buklash jarayonini osonlashtiradi. Bigudilar yengil, qulay va bosh terisini bezovta qilmaydi.
Uy sharoitida, bo‘yanishdan oldin yoki kundalik turmak uchun juda qulay. Zamonaviy ranglari esa mahsulotni yanada chiroyli va estetik qiladi.

