• Шампунь против выпадения волос
ARGININE NIACINAMIDE soch toʻkilishiga qarshi shampun, 1000 g, Belkosmex
Faol taʼsirga ega ushbu mahsulotning asosiy komponentlari soch toʻkilishiga qarshi kurashadi, dastlabki qoʻllashdanoq sochlarni qalin va baquvvat qiladi. Doimiy stresslar, dori vositalarining taʼsiri, zararli odatlar hamda sochni parvarish qilish uchun mahsulotlar notoʻgʻri tanlanganda yuzaga keladigan soch toʻkilishida qoʻllanilishi mumkin.
- Arginin — kuchli va qalin sochlarning faol oʻsishi uchun optimal sharoit yaratadigan aminokislotadir. Soch tolasining butun uzunligi boʻylab butunligini tiklaydi, keratin yetishmovchiligini toʻldiradi, sochlarning sinishi va koʻtarilib (hurpayib) ketishining oldini oladi.
- Niatsinamid (yoki B3 vitamini) — keratin sintezini ragʻbatlantiradi, sochlarning zichligi va qalinligini oshiradi, ularni sinuvchanlik hamda ingichkalashish tufayli toʻkilishdan himoya qiladi. Bosh terisining tabiiy himoya toʻsigʻini tiklaydi va yogʻ bezlari faoliyatini normallashtiradi. Soch follikulalarining oʻsish fazasini uzaytiradi, shu orqali yaltiroq va elastik sochlarning oʻsishini samarali ragʻbatlantiradi.
Xususiyatlari: Har kuni foydalanish uchun mos keladi. Sochni ogʻirlashtirmaydi.