
LOT : 17 / 08 / 2025
EXP : 16 / 08 / 2028
Dozatorli, quyuq oq rangli konditsioner, zavod plyonkasiga o‘ralgan;
Hajmi: 500 ml;
Uzunligi: 16,5 sm;
Kengligi: 8,5 sm.
❗MUHIM
Eng yaxshi natijaga erishish uchun soch o‘sishini rag‘batlantiruvchi vositalarning butun to‘plamidan birgalikda foydalanish tavsiya etiladi. Barcha vositalar to‘plamini do‘konimizdan xarid qilishingiz mumkin.
🌿 Sochlarni og‘irlashtirmasdan, intensiv namlantiradi va taralishini osonlashtiradi;
🌿 Sochlarning yangiligini va yengilligini uzoqroq saqlashga yordam beradi;
🌿 Shikastlangan sochlarni oziqlantiradi va tiklaydi;
🌿 Sochlarga yanada qalinlik, hajmdor va jilvakor ko‘rinish baxsh etadi;
🌿 Yengil va musaffo ifor, har yuvishdan so‘ng tetiklik hissini beradi;
🌿 Zamonaviy parvarish texnologiyasi, kundalik foydalanish uchun mos keladi.
Soch hajmini og‘irlashtirmasdan saqlashga mo‘ljallangan maxsus formula. Rozmarin ekstraktli konditsioner bosh terisini chuqur namlantirish, soch ildizlarini mustahkamlash, ularga tabiiy jilo va silliqlik baxsh etish uchun yaratilgan.
QO‘LLASH USULI
Avval sochlaringizni Jay’Skin brendining rozmarin ekstraktli chuqur tozalovchi shampuni bilan yuving. So‘ngra Jay’Skin rozmarin ekstraktli konditsioneridan oz miqdorda olib, soch uzunligi bo‘ylab va uchlariga surting. 3-5 daqiqaga qoldiring va suv bilan yaxshilab yuvib tashlang. Shampun bilan chuqur tozalangandan keyin sochlar mutlaqo toza va tetik bo‘ladi. Konditsioner esa sochning yumshoqligini tiklashga yordam beradi, taralishini osonlashtiradi hamda ularni og‘irlashtirmasdan, yanada parvarishlangan va silliq ko‘rinishga keltiradi.
⚠️ EHTIYOT CHORALARI
Ko‘zga tushishidan saqlaning, agar tushsa, suv bilan yaxshilab yuvib tashlang. Faqat tashqi foydalanish uchun mo‘ljallangan. Bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlang.
JAY’SKIN & CANADA INC. buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan.

