Zaytun, avokado va karite moylari bilan boyitilgan Garnier Color Naturals maxsus formulasi sochning qoq yuragiga kirib boradi va uni intensiv ravishda oziqlantiradi. Chuqur oziqlanish tufayli sochlar rangga yaxshiroq to‘yinadi va uni uzoq vaqt saqlaydi. Bo‘yoq qaymoqsimon tuzilishga ega bo‘lib, oson surtiladi, oqmaydi va yoqimli hidga ega. Yangi parvarish balzami bo‘yalgandan so‘ng tarkibida 2 baravar ko‘p ozuqaviy moylar mavjud: zaytun, avokado va karite. Bu sochlarni 35% ko‘proq ozuqa bilan ta’minlaydi.
• To‘yingan chidamli rang
• 100% oqartirish
• Ipakdek mayin, yaltiroq sochlar

