Xiaomi 17T Pro — hech qanday cheklovlarsiz eng mukammal flagman smartfon! Agar siz oddiy smartfon emas, balki texnologik taraqqiyotning eng yuqori cho‘qqisini his qilishni istasangiz, Xiaomi 17T Pro aynan siz uchun yaratilgan. “T” bazaviy versiyasidan ham kuchliroq bo‘lgan ushbu model kattaroq ekran, yanada rivojlangan kameralar, professional suvdan himoya va nihoyatda kuchli akkumulyatorni o‘zida birlashtirgan.
Smartfon 6.83 dyuymli katta va mukammal AMOLED ekran bilan jihozlangan. Endi film tomosha qilish, o‘yin o‘ynash va ijtimoiy tarmoqlarni ko‘rish yanada yorqin va jonli bo‘ladi.
Orqa paneldagi yuqori darajadagi uch kamerali tizim har qanday sharoitda ajoyib natija beradi:
50 MP asosiy kamera
Ushbu kamera avvalgi modellarga qaraganda ko‘proq yorug‘lik qabul qiladi. Bu esa qorong‘ida yoki xira yoritilgan joylarda ham shovqinsiz va aniq suratlar olish imkonini beradi. Ko‘p yo‘nalishli avtofokus va optik stabilizatsiya (OIS) harakatdagi obyektlarni ham juda tiniq tasvirga oladi.
50 MP Periskop kamera (5x optik zoom)
Juda uzoq obyektlarni sifatni yo‘qotmasdan yaqinlashtiradi va hatto 10 sm masofadan ham ajoyib makro suratlar olish imkonini beradi.
12 MP ultra keng burchakli kamera
120 darajali keng ko‘rish burchagi orqali barcha do‘stlaringiz yoki ulkan tog‘ manzaralarini bitta kadrga sig‘dira oladi.
Old kamera nafaqat chiroyli selfilar oladi, balki 4K va HDR10+ formatida yuqori sifatli video yozib olish imkonini ham beradi. Bu ayniqsa blogerlar uchun juda muhim.
Smartfon ichida 7000 mA/soat sig‘imga ega juda kuchli batareya o‘rnatilgan. Bu uzoq vaqt davomida quvvat haqida o‘ylamasdan foydalanish imkonini beradi.
Telefon IP68 standarti bo‘yicha suv va changdan to‘liq himoyalangan. Bu degani, u changdan qo‘rqmaydi va tasodifan suvga tushib ketganda ham ma’lum chuqurlik va vaqt davomida ishlashda davom etadi.
Xiaomi 17T Pro — bozordagi eng kuchli 7000 mA/soat akkumulyator, suvdan himoya, ulkan AMOLED ekran va professional Leica kameralarini xohlaydigan foydalanuvchilar uchun premium va ideal tanlovdir!

