12 GB tezkor va 256 GB ichki xotiraga ega, titan kumush-ko‘k rangdagi (Titanium Silverblue) zamonaviy Samsung Galaxy S25 Ultra smartfoni — bu sun'iy intellektning ilg‘or texnologiyalari, yuqori unumdorlik, professional kamera tizimi va mustahkam korpusdagi S Pen Stilusini o‘zida mujassam etgan premium darajadagi flagman qurilmadir. Qurilma ajoyib tafsilotlar va silliqlikni ta'minlovchi 6.9 dyuymli , 3120x1440 piksellar hajmli va 120 Gts yangilanish chastotasiga ega Dynamic AMOLED displey bilan jihozlangan. Yuqori tezlikni ta'minlash uchun kuchli 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 8 Elite for Galaxy protsessori o‘rnatilgan. Model 200 MP asosiy modulga ega professional kvadrokamera tizimi va 12 MP old kamera bilan jihozlangan. Qurilma 5G aloqa standartlari, Wi-Fi, Bluetooth, NFC simsiz interfeyslarini, nano-SIM hamda eSIM kartalarini qo‘llab-quvvatlaydi, IP68 chang va namlikdan himoya darajasiga ega, shuningdek USB Type-C portli 5000 mA·soat akkumulyator bilan ta'minlangan bo‘lib, uning o‘lchamlari 162.8x77.6x8.2 mm va vazni 218 g ni tashkil etadi.

