Asosiy kamera 50 MP bo‘lib, PDAF avtofokus va OIS optik stabilizatsiyani qo‘llab-quvvatlaydi. Qo‘shimcha keng burchakli kamera — 8 MP, old kamera esa 32 MP.
Modelning asosiy afzalliklaridan biri — 10 000 mA·soat batareya. Smartfon 100 Vt HyperCharge tez zaryadlash va 27 Vt teskari simli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. 100 Vt adapter komplektga kiradi.
Korpus IP69K himoyasiga ega. Shuningdek, 5G, eSIM, Wi-Fi 6, Bluetooth 6.0, NFC, IR-port va USB-C OTG qo‘llab-quvvatlanadi.
Smartfon Android 16 va HyperOS 3.1 tizimida ishlaydi. Qora, yashil, binafsha va oq ranglarda mavjud.
Asosiy xususiyatlari:
Ekran: 6,83″ AMOLED, 120 Gts
Protsessor: Snapdragon 6 Gen 5
Xotira: 8/256, 8/512, 12/256, 12/512 GB
Kamera: 50 MP OIS + 8 MP
Old kamera: 32 MP
Batareya: 10 000 mA·soat
Zaryadlash: 100 Vt HyperCharge
Teskari zaryadlash: 27 Vt
Himoya: IP69K
Aloqa: 5G, eSIM, Wi-Fi 6, Bluetooth 6.0, NFC
Tizim: Android 16, HyperOS 3.1
Vazni: 229,5 g

