xotirasi: 128 gb •
Rang: Oq
Afzalliklariyoʻq
Kamchiliklarialdab boshqa batareya qoʻyib yoniga chip oʻrnatib sotgan. batareya shishib ketgan,orqasi ochilib ketgan. batarya shishgan bilan orqasi ochilmasligi kerak.
Izohumuman ishonib boʻlmas ekan sizlarga, 3 oy ichida kamchiliklari yaqqol koʻrinib boshladi. oldin icloud oʻrnatib boʻlmadi endi esa shishgan batareya qoʻyvorgansiz. telefon umuman karobka dokument emas ekan. pulimizni qaytarib bering xatyabi ishlatilgan telefonning pulini olib qolganini qaytarib bering
Sotuvchining javobi
Hurmatli mijoz, murojaatingiz uchun rahmat.
Siz tomonidan keltirilgan holatlar yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, qurilmada ko‘rsatilgan muammolar 3 oy foydalanish jarayonidan keyin aniqlangan. Amaldagi savdo va servis qoidalariga ko‘ra, bunday holatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqarish (zavod) nuqsoni sifatida baholash mumkin emas.
Batareya shishishi, qurilmaning ochilishi yoki boshqa texnik o‘zgarishlar odatda tashqi ta’sirlar (qizib ketish, noto‘g‘ri zaryadlash, mexanik ta’sir va boshqalar) natijasida yuzaga keladi. Ushbu omillar esa sotuvchi tomonidan nazorat qilinmaydi.
Shu sababli, mazkur holat kafolat shartlariga kirmaydi, chunki kafolat faqat ishlab chiqarishdagi nuqsonlar va zavod holatiga tegishli.
Barcha qurilmalar sotuvdan oldin texnik tekshiruvdan o‘tkazilib, to‘liq ishchi holatda topshiriladi.