256 GB ichki xotiraga ega, nanoSim va eSIM standartlarini qo‘llab-quvvatlaydigan lavanda rangdagi (Lavender) zamonaviy Apple iPhone 17 smartfoni — bu ilg‘or imkoniyatlar, yuqori unumdorlik hamda zamonaviy dizaynni o‘zida mujassam etgan texnologik premium darajadagi qurilma. Qurilma 6.3 dyuymli, 2622 x 1206 pikselli hamda 120 Gts yangilanish chastotasiga ega aniq Super Retina XDR OLED displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, u yuqori silliqlik va ajoyib detallarni ta'minlaydi. Yuqori tezlik va unumdorlik uchun kuchli 6 yadroli Apple A19 protsessori o‘rnatilgan. Model 48 MP qo‘shma asosiy kamera, 12 MP old kamera hamda 256 GB hajmimdagi ichki xotira bilan ta'minlangan. Qurilma 5G gacha bo‘lgan aloqa standartlari, ikkita SIM-karta (nanoSim+eSIM), Bluetooth simsiz interfeysi, Type-C ulagichi, litiy-ion akkumulyator, zamonaviy iOS operatsion tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, 146.7 x 71.5 x 7.8 mm o‘lchamlarga va 177 g vaznga ega.

