Smart Topics in English — bu ingliz tilini tizimli o‘rganish uchun yaratilgan universal qo‘llanma. Kitob 140 dan ortiq amaliy mavzularni o‘z ichiga oladi: kundalik hayot, sog‘lom turmush, tabiat, mashg‘ulotlar, taniqli yozuvchilar va siyosatchilar haqida. Har bir mavzu so‘z boyligini oshirish hamda suhbat ko‘nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. Qo‘shimcha ravishda 370 ga yaqin frasal fe’llar, ular uchun rus va o‘zbek ma’nolari bilan misollar, shuningdek eng ko‘p uchraydigan qisqartmalar va mini lug‘at berilgan.
💡 Nima uchun aynan ushbu kitob?
✔ Amaliy mavzular orqali tilni hayotda qo‘llash imkoniyati
✔ IELTS va umumiy ingliz tili uchun mustahkam bazani shakllantiradi
✔ Suhbat savollari va frasal fe’llar bilan boyitilgan
✔ Maktab o‘quvchilari, talabalar, o‘qituvchilar hamda mustaqil o‘rganuvchilar uchun mos
Ushbu qo‘llanma til o‘rganayotgan har bir kishiga til ko‘nikmalarini yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi.

