• 900 ANSI lumen — yorqin va tiniq tasvir
• Native 1080P + 8K qo‘llab-quvvatlash
• Avtomatik fokus — har doim aniq proyeksiya
• Android 14 — eng zamonaviy tizim, ilovalarsiz cheksiz imkoniyatla
• Wi-Fi 6 + Bluetooth 5.4 — ultra tez ulanish
• Shiftga proyeksiya (180° proyeksiya) — moslashuvchan ko‘rish burchagi
• 4P Keystone korreksiya — to‘g‘ri proyeksiya uchun burchak sozlash
• Ichki stereo dinamik — kuchli va toza ovoz
• Tashqi portlar: HDMI, USB, AV va boshqalar
• Smart interfeys — YouTube, Netflix, o‘yinlar uchun tayyor

Android 14 bilan ishlaydigan zamonaviy smart proyektor – 8K qo‘llab-quvvatlovchi, shiftga proyeksiya qiluvchi, Wi-Fi 6 va Bluetooth 5.4 bilan jihozlangan haqiqiy uy kinoteatr tajribasi!
Bu proyektor siz kutgan har qanday texnologik afzallikni o‘zida jamlagan. Endi siz YouTube, Netflix, Google Play ilovalarini hech qanday tashqi qurilmasiz – to‘g‘ridan-to‘g‘ri proyektordan ishga tushirishingiz mumkin. Sababi bu model Android 14 operatsion tizimida ishlaydi. Bu degani – haqiqiy smart qurilma!
Proyektor Native 1080P aniqlikni taklif qiladi, lekin buning ustiga 8K videolarni qo‘llab-quvvatlaydi, ya’ni siz ultra-yuqori aniqlikdagi fayllarni ham proyeksiya qila olasiz. Raqobatchilardan farqli o‘laroq, bu model 900 ANSI lumenyorqinlik darajasiga ega – bu qorong‘i xona yoki kunduzgi yorug‘likda ham tiniq, yorqin, jonli tasvirni kafolatlaydi.
Bu proyektorning eng zo‘r funksiyalaridan biri — shiftga proyeksiya qilish imkoniyati. Ichki aylanuvchi linza tizimi tufayli uni shiftga, polga, hatto yotoqda yotib tomosha qilishga moslashtirish mumkin. Odatdagi proyektorlarda bunday imkoniyat bo‘lmaydi.
Qurilma yoqilgan zahoti avtomatik fokuslash funksiyasi tasvirni darhol tiniq holatga keltiradi. 4P Keystone esa sizga istalgan burchakdan mukammal kvadrat tasvir hosil qilish imkonini beradi — devor tikmasi yoki shift egri bo‘lsa ham, hech qisi yo‘q.
Ushbu model Wi-Fi 6 texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, odatdagi Wi-Fi’dan ikki barobar tezroq va barqarorroq ishlaydi. Streaming, onlayn filmlar yoki o‘yinlar uchun ayni muddao.
Bluetooth 5.4 esa simsiz karnay, quloqchin, gamepad yoki boshqa qurilmalar bilan bog‘lanishni osonlashtiradi. Kechiktirishlarsiz sinxron ulanish — ayniqsa o‘yinchilar uchun katta afzallik.
Proyektor ichida kuchli 5W stereo dinamik mavjud bo‘lib, u kuchli va tiniq ovoz beradi. Albatta, siz tashqi speaker ulashingiz ham mumkin — lekin oddiy kino tomosha qilish uchun ichki ovoz ham yetarli.
Proyektor 4:3 va 16:9 formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, HDMI, USB, AV va boshqa portlar orqali siz kompyuter, telefon, USB fleshka, o‘yin pristavkasi (PS5, Xbox) kabi qurilmalarni ulashingiz mumkin. Bu uni taqdimotlar, o‘yinlar, kinolar va hatto dars mashg‘ulotlari uchun ideal tanlovga aylantiradi.
Proyektor short-throw texnologiyasiga ega bo‘lib, u kichik masofada ham katta ekran beradi. Ya’ni 1.5 metrda 80-100 dyuym ekran olish mumkin — bu kichik xona egalari uchun juda katta yengillik.

