Vannaxonangiz interyerini zamonaviy va shinam ko'rinishga keltirishni xohlaysizmi? Shinam Glass "Fang" smart ko'zgusi — yuqori sifat, nafis dizayn va zamonaviy texnologiyalarning mukammal uyg'unligidir!
Ushbu model o'zining ixcham yumaloqlashtirilgan burchaklari hamda devorga tekis, ultra-ingichka o'rnatilishi bilan ajralib turadi. Ko'zguga o'rnatilgan yumshoq LED yoritgichi ko'zni toliqtirmaydi va pardoz jarayonida ideal yoritishni ta'minlaydi.
Asosiy afzalliklari:
- Smart sensor boshqaruvi: Chiroqni birgina sensorli tugmani yengil bosish orqali osongina yoqish va o'chirish.
- Ultra-slim va estetik dizayn: Devorga nafis va tekis joylashuvchi zamonaviy ramka.
- 3 xil yorug'lik rejimi: Har qanday kayfiyat va ehtiyojga mos yoritish imkoniyati.
- Tumanga qarshi (Anti-fog) texnologiyasi: Issiq bug' va namlikda ham ko'zgu yuzasi har doim Tiniq va g'uborsiz aks ettiradi.
Texnik xususiyatlari:
- Model: Fang
- Brend: Shinam Glass
- O'lchami: 70*70 sm
- Boshqaruv: Sensorli tugma
- Qo'llanilishi: Hammom, yotoqxona, pardozxonalar va go'zallik salonlari uchun