Kitob muallifi va bosh qahramoni Tatyana istiqbolli rieltorlik kasbini tanlab, bozorga chiqdi. Ko‘chmas mulk bozoriga. Tatyana amaliyot yillarida qancha xonadon va oilalar bilan bog‘liq voqealarga duch kelmagan. Ularning aksariyati shunchalik g‘alati ediki, buni ataylab o‘ylab topib bo‘lmaydi. Aynan shu voqealar (shuningdek, uy-joy sotmoqchi yoki sotib olmoqchi bo‘lgan har bir kishi uchun foydali bo‘ladigan ma’lumotlar) ushbu kitobning asosini tashkil etadi.

