Agata Kristining o‘zi bu kitobni "Begunohlarning iztirobi" bilan bir qatorda o‘zining eng muvaffaqiyatli romanlaridan biri deb hisoblagan. Butun dunyo kitobxonlari ham uning fikriga to‘la qo‘shiladilar. Buning sababi shundaki, roman mutlaqo kutilmagan yakunga ega...
Agata Kristi Shekspirdan keyin barcha zamon va xalqlarning eng ko‘p nashr etilgan yozuvchisidir. Uning kitoblari tiraji faqat Shekspir asarlari va Injilnikidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Dunyoda Kristining ingliz tilidagi kitoblari bir milliarddan ortiq, boshqa tillardagi kitoblari esa shuncha miqdorda sotilgan. U Meri Uestmakott taxallusi bilan yozilgan saksonta detektiv roman va hikoyalar to‘plami, yigirmata pyesa, ikkita xotiralar kitobi va oltita psixologik roman muallifi. Uning qahramonlari Erkul Puaro va miss Marpl abadiy sarguzasht janrining namunali qahramonlariga aylandi.

