Rang: Ametist
Afzalliklariyòq
Kamchiliklarixitoy shtrix kodi
Izohmanga umuman yoqmadi kimga qanaqa bilmadim
Sotuvchining javobi
Assalomu alaykum, Surayyo! Fikringiz uchun rahmat. Shrix-kod haqidagi masalaga aniqlik kiritib o'tmoqchimiz. SKINEVER — bu Janubiy Koreya olimlari tomonidan ishlab chiqilgan ilg'or formulalarga asoslangan kosmetika brendidir.
Aynan ushbu krem tarkibidagi 3A Retinol xomashyosi Amerikadan keltiriladi hamda formulaning samaradorligini tasdiqlovchi nufuzli AQSh (FDA, USA) sertifikatlariga ega.
Mahsulotlarimiz eng yuqori sifatli ingredientlardan tayyorlanadi va brendimizda Koreya professional uskunalaridan foydalaniladi. Zavodlarning Filippin va Xitoy joylashganligi esa logistikani tezlashtirish va siz kabi xaridorlarimiz uchun eng hamyonbop narxlarni saqlab qolish imkonini beradi.
Retinol, kollagen va peptidlar qarishga qarshi kuchli ta'sirga ega, biroq faol komponentlar har xil turdagi teriga individual ta'sir qilishi mumkin. Shuning uchun ham biz har bir inson uchun professional parvarishni mavjud va oson qilishga intilamiz: do'konimizda professional apparatda yuz terisini skanerlash va kosmetolog konsultatsiyasi barcha xohlovchilar uchun MUTLAQO BEPUL va doimiy ravishda ochiqdir. Biz bilan bog'lansangiz, sizni diagnostikaga jon dildan yozib qo'yamiz! 🤍