SKIN1004 Madagascar Centella Travel Kit — ta'sirchan, qizaruvchan va muammoli terini parvarish qilish uchun mo'ljallangan Madagascar tsentellasi asosidagi 5 talik sayohat to'plamidir. Madagaskar o'simlik ekstraktiga boy bu mahsulotlar terini muloyimlik bilan tozalaydi, tinchlantiradi, chuqur namlantiradi va uning tabiiy himoya tosig'ini tiklaydi.
To'plam tarkibi va afzalliklari:
- 1. Gidrofil yog' (Light Cleansing Oil, 30 ml): Makyaj va quyoshdan saqlovchi vositalarni terini quritmagan holda eritib tozalaydi.
- 2. Tozalovchi penka (Ampoule Foam, 20 ml): Teshikchalardagi kirlarni ketkazib, terini yumshoq va toza saqlaydi.
- 3. Toner (Toning Toner, 30 ml): Terining pH muvozanatini boshqarib, keyingi parvarish bosqichlariga tayyorlaydi.
- 4. Zardob (Ampoule, 30 ml): Tsentella ekstrakti evaziga qizarish va yallig'lanishlarni tezda tinchlantiradi.
- 5. Tinchlantiruvchi krem (Soothing Cream, 30 ml): Teriga qulaylik bag'ishlab, namlikni ichkarida saqlab qoladi.
Qo'llash tartibi:
- Gidrofil yog'ni quruq yuzga surtib uqalang, so'ng suv bilan yuvib tashlang.
- Penka yordamida yuzingizni ko'pirtirib yuving.
- Tonerni paxta diski yoki qo'l yordamida surting.
- Zardobdan bir necha tomchi tomizib singdiring.
- Kremni oxirgi bosqichda yuzga tekis qilib yoying.
Ishlab chiqarilgan mamlakat: Koreya