(1) Aktivlar nima uchun kerak:
Sentella asiatica terini tinchlantiradi, yallig‘lanishni kamaytiradi va teri himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi. Choy daraxti (tea tree) esa antibakterial xususiyatga ega bo‘lib, akne va yallig‘lanishlarni kamaytirishga yordam beradi.
(2) Mahsulot nima qiladi:
SKIN1004 Madagascar Centella Tea-Trica Relief Ampoule — muammoli va sezgir teri uchun mo‘ljallangan yengil ampula bo‘lib, terini tez tinchlantiradi, qizarish va noqulaylikni kamaytiradi hamda terining tozaligini saqlashga yordam beradi.
(3) Mahsulot ta’siri:
• terini tinchlantiradi
• qizarish va yallig‘lanishni kamaytiradi
• akne va toshmalarni yengillashtiradi
• yog‘ ishlab chiqilishini balanslaydi
• teri himoya qatlamini qo‘llab-quvvatlaydi
• terini yengil namlaydi
• teri ko‘rinishini yaxshilaydi
• sezgir teriga mos
(4) Ushbu formulani o‘ziga xosligi:
• yengil suvga o‘xshash tekstura
• tez so‘riladi va yopishqoqlik qoldirmaydi
• kundalik foydalanishga mos
• muammoli teri uchun maxsus kombinatsiya (centella + tea tree)

