
Mahsulot hatto suvga bardoshli pardozni ham nozik tarzda olib tashlaydi, teshiklarni samarali tozalaydi, kirlanishlar, ortiqcha yog' va o'lik zarralarni olib tashlaydi va ularning tiqilib qolishining oldini oladi.
Yog' tezda suv bilan birikib, oson yuviladi hamda yog'ni yutadi, bu esa tozalash vaqtini qisqartiradi. Mahsulot terida sezilmaydigan namlikni saqlovchi to'siq hosil qiladi, bu esa yuvinishdan keyin quruqlik va taranglikni oldini oladi.

Asosiy faol komponent sentella ekstrakti kuperoz va ekzemani kamaytiradi, qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, yallig'lanish jarayoniga qarshi kurashadi, yulduzsimon qon tomirlari paydo bo'lishining oldini oladi va tashqi omillarga sezuvchanligini pasaytiradi.
Barcha turdagi teriga, ayniqsa sezuvchan teriga mos keladi.
Mahsulotni quruq teriga qo'llang, aylana harakatlari bilan 30 soniya davomida tarqating, so'ngra qo'llaringizni suv bilan namlab, takror o’qalab iliq suvda yuvib tashlang, so’ngra parvarish qilishni davom eting.


