— Bu kitob nima haqida?
Kichkintoyingiz tez-tez yig‘lab, gapga kirmaydimi? Uni koyishga shoshilmang - balki u o‘z his-tuyg‘ularini qanday jilovlashni va o‘zini qanday tutishni bilmayotgandir.
Kitob muallifi Yelena Aleksandrovna Ulyeva 20 yillik tajribaga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, erta rivojlanish metodikalari muallifi bo‘lib, uning kitoblari millionlab nusxada sotilgan. Ushbu kitobda u kichkintoylarda eng ko‘p uchraydigan muammolarni aks ettiruvchi kichik ertaklarni to‘plagan.
Qiziqarli hayvonchalar - quyoncha, ayiqcha, tipratikan va boshqalar bilan birga, bola injiqlik, qaysarlik va itoatsizlik nimalarga olib kelishini aniq misollarda ko‘radi. Qisqa ertaklar (1-2 sahifada) bolaga o‘yinchoqlarni yig‘ishtirish, onasiga quloq solish va shifokorlardan qo‘rqmaslik muhimligini nasihatlarsiz, yumshoq tarzda tushuntirishga yordam beradi.
1. Kichkintoylar uchun ideal format
Qisqa, tugallangan hikoyalar yozilgan 64 sahifa bolani charchatmaydi
Katta, o‘qishga qulay shrift ovoz chiqarib o‘qish uchun mos keladi
Har bir sahifadagi Anastasiya Kiganning rangli rasmlari e’tiborni tortadi va matnni tushunishga yordam beradi.
Qattiq muqova (7BC) — kitob bir necha marta o‘qishga bardosh beradi
2. Kitob bilan ishlash metodikasi
Har bir ertakdan so‘ng ota-onalarga uni bola bilan muhokama qilish taklif etiladi. Savollar bering: "Qahramonlardan qaysi biri o‘zini noto‘g‘ri tutdi va nima uchun?" Shunday qilib , bola vaziyatni chetdan turib tahlil qilib , to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rganadi .

