Sport skakalkasi: kardio, ozish va chidamlilik uchun oddiy va samarali trenajyor. Har kuni bir necha daqiqa sakrash yurak va o’pkani mustahkamlaydi, kaloriyani tez yoqadi, oyoq mushaklarini chiniqtiradi.
Afzalliklari:
- Yumshoq porolon dastak qo’lni charchatmaydi va qadoq qilmaydi
- Dastak yuzasi bo’rtiqli, shuning uchun terlaganda ham sirpanmaydi
- PVC qoplamali arqon yengil, tez aylanadi va chigallashmaydi
- Ixcham, sumkaga sig’adi, zal, uy, hovli va safarda olib yurish oson
- Boshlovchilar, bolalar va kattalar uchun mos
- Maktab sport normativlariga tayyorlanish uchun ham qulay
Kim uchun:
- Vazn tashlamoqchi bo’lganlar
- Bokschilar, futbolchilar va boshqa sportchilar (razminka uchun)
- Uyda mashq qiluvchilar
- Bolalar va o’smirlar
Tarkibi:
- Dastak: porolon (foam) va plastik
- Arqon: PVC qoplamali
Ranglari: ko’k, qora, yashil
Parvarishi: nam latta bilan arting. Arqonni o’tkir va g’adir-budur yuzalarda ishlatmang. Quruq joyda, buklamasdan saqlang.