Ushbu kitobimni yozish uchun xonamga qamalib olgan
kunim ma'naviy ustozim qizim Zuhal yonimga kirib:
-
-
Dada, esingizdami, tilingizdan tushmaydigan doimo
bir gapingiz bor... dedi.
-
- Qaysi biri, gizim?
-"Ta'lim o'quvchiga hurmat bilan boshlanadi",
derdingiz.
- Shunaqa, qizim.
Men ham shuni aytmoqchimanki, yozuvchilik kitob-
xonga hurmat bilan boshlanadi.
- Qanaqasiga, gizim?
Kitobingizning birinchi sahifasidayoq ko'zlariga boqish
uchun kitobxondan izn so'rang.
-Qizim bergan mana shu ajoyib ilhom bilan aytamanki,
agar izn bersangiz, avvalo ko'zlaringizga boqishni, keyin esa
qalbingizga mehmon bo'lishni istayman.
Izn berasizmi?
Ba'zan so'rashdan qo'rqib, sukut saqlashingizga
majbur qilgan savollarning, ong-u miyangizni egallagan
shovqinini boshqalardan yashirgan paytlaringiz bo'lganmi?
Aytgancha, sizning ham akangiz yoki ukangiz bormi?
Ular bilan urishib qolganmisiz? Jahlingizni chiqarganda
kaltaklaganmisiz? Ularning o'yinchoqlarini yerga urib
sindirganmisiz?Ba'zan ichingizdan "shu jonga tegadigan bola
o'lsa-yu, men qutulsam" degan fikrlar o'tganmi? Hozir bu
satrlarni o'qiyotgan ekansiz, darhol o'rningizdan turing,
ularning yoniga boring, sevishingizni ayting va bag'ringizga
bosing. Ular sog'-salomat va yoningizda bo'lgani uchun
Yaratganga beadad shukrona ayting.

