• ISBN: 978-9910-7311-0-5, Muallif: Ahmad Muhammad Tursun, Nashriyot: "Hilol-Nashr", Sahifalar soni: 640, O'lchami: 60*90 1/16, Muqova: qattiq, Til: O'zbek, yozuv: kirill
Siz qanday yashamoqchisiz? Ahmad Muhammad Tursun
Bu ko'hna zaminda har kuni millionlab chaqaloq dunyoga keladi va deyarli shuncha odam bu foniy dunyo bilan xayrlashadi. Buning orasidagi muddat esa "hayot" deb atalib, har bir inson uni o'z bilgancha yoki boshqalarning tajribasiga suyangan holda yashab o'tadi. Ana shu hayotda qanday kun kechirgan ma`qul? Umrning poyonida afsus-nadomat chekmaslik uchun turmushda nimalarga e`tibor berish kerak? Baxtli, to'kin va osoyishta hayot kechirishning biz bilmagan sinoatlari ham bormi? Yozuvchi Ahmad Muhammad Tursunning yaqinda chop etilgan “Siz qanday yashamoqchisiz?” kitobidan ana shu savollarga bir qancha javob topish mumkin.
Kitob mazmunli hayot kechirish, baxtli-saodatli bo'lish, turmush mashaqqatlarini yengish, salomatlikni asrash, halol yo'l bilan boyish, oila farog'ati, er va xotin munosabatlari, qiz va yigitlarni turmushga tayyorlash, ma`naviy va ruxiy olamni boyitish kabi hayotiy mavzularni o'z ichiga oladi. Insonning ruhiy olamini inkor etib, faqat moddiyatni targ'ib dunyoshida tinmay nasr etilayotgan hamda kishilarga xaqiqiy baxt-iqbolga ega bo'lgan yo'llarini o'z andozalari orqali ko'rsatayotgan kitob va dasturlardan farqli o'laroq ushbu kitobda sof insoniy munosabatlar, asl qadriyatlar, iymon-e'tiqodning tamal toshlari haqida batafsil so'z yuritiladi.

