Amerikalik taniqli yozuvchi Mario Pyuzoning “Sitsiyalik” romanini “ Cho‘qintirgan ota” asarining davomi deyish mumkin. Unda don Korleonening kichik o‘g‘li Maykl taqdiri to‘g‘risida hikoya qilinadi. Shuningdek, jasur qahramon, mard yigit Salvatore Gilyanoning hayoti, metin irodasi, ko‘plab sarguzashtlari va fojiaviy qismati bayon etiladi. Ushbu kitobda do‘stlik va adovat, muhabbat va nafrat, o‘lim va intiqomning sitsiliyacha qonunlari xususida bahs ketadi. Ular inson ruhiyati, ayniqsa, qonunni chetlab o‘tuvchi kishilarning ichki dunyosini chuqur biluvchi Mario Pyuzoning diqqatini hamisha jalb qilib kelgan. O‘tkir syujetli, turfa voqealarga boy, o‘quvchini kutilmagan burilishlarga olib kiradigan ushbu asar o‘z muxlislarini topishiga umid qilamiz.

