TimeWise® Yuz uchun piling tizimi yordamida teringizga yanada yosh va parvarishlangan ko‘rinish bering hamda teshikchalar ko‘rinishini sezilarli darajada kamaytiring!
Afzalliklari:
TimeWise® Yuz uchun yangilangan piling tizimi avvalgi TimeWise® Yangilovchi pilingning barcha afzalliklarini saqlab qolgan bo‘lib, endi u TimeWise® Teshikchalarni toraytiruvchi zardob bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ushbu ikki bosqichli tizimdan foydalangandan so‘ng terining teksturasi va tashqi ko‘rinishi sezilarli darajada yaxshilanadi, yuz rangi yanada tekis va silliq bo‘ladi.
Atigi bir marta qo‘llangandan keyin ham mayda ajinlar kamroq seziladi, teshikchalar esa kichikroq ko‘rinadi. Mahsulot barcha teri turlari va barcha teri ranglari uchun mos keladi.

