O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “Xayyomdan bir kosa, Rumiydan bir kosa” kitobi, birinchi navbatda, uning qisqa bayt janrlari — to‘rtlik, ruboiy va farzlarda yozilgan she’rlaridan iborat. Shoir hayotining turli davrlarida yozilgan bu ajoyib she’riy asarlar to‘liqligicha qayta nashr etilmoqda. Kitobga “Sozmunchak” nomli yangi to‘rtlik to‘plami ham kiritilgan.

