BU G'ALABA - MUAZZAM!
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash o‘yinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib, tom ma’noda ulkan g‘alabaga erishdi. Vatanimiz tarixida ilk bor 2026-yilda AQSH, Meksika va Kanada davlatlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Milliy sportimiz rivojida yangi sahifa ochgan futbolchilarimizning ushbu olamshumul yutug‘i Yangi O‘zbekistonning yuksak salohiyati, kuch-qudrati va ulkan imkoniyatlarini yana bir bor dunyoga namoyon etdi.
Bunday tarixiy natija xalqimizga cheksiz quvonch va iftixor, ijodkorlarimizga esa ruh va ilhom bag‘ishlab, futbolchilarimiz sha’niga she’r va qasidalar, doston va faxriyalar bitildi. Mazkur kitobda adiblarimizning ana shu mazmundagi asarlari jamlandi.
Mazkur kitob O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida chop etildi.

