Ushbu asar 1929-1930-1940-1950 yillarda sobiq tuzum tomonidan amalgan oshirilgan qatag'on siyosatiga bag'ishlanadi.
Birinchi kitob — «Qizil mustamlaka: E'lon qilinmagan urush» deb nomlanadi. Bunda ajal va qirg'in partiyasi, qizil terror, diktatura va milliy masala haqida so'z yuritiladi.
Ikkinchi kitob — «Katta qirg'in qomusi». Bu katta hajmli kitobda qatag'onga uchragan o'zbek ziyolilari haqida ma'lumot berilgan.
Tarixchilar, adabiyot va san'at sohasidagi mutaxassis hamda keng o‘quvchilar ommasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib «1937-1938 yillarda O‘zbekistondagi qatag'on» mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot bo'yicha Davlat granti asosida amalga oshirilgan.

