• Sirli qotillik
• Jahon adabiyoti kutubxonasi
• O'zbek tilida
• Lotin yozuvida
• Yumshoq muqova
• 160 bet
Qotillik mudhish jinoyat, hatto qurbon axloqsiz va subutsiz kimsalar bo‘lsa ham. O‘zga inson hayotiga qasd qilgan kishi esa jamiyatning nafratiga sazovordir. Qotillik tamg‘asi shu qadar og‘ir yukki, u kishini hayotning bor quvonchlaridan mosuvo etadi.
Nemis adibi Vilhelm Raabe qalamiga mansub “Sirli qotillik qissasi” asarida kitobxon qotillikda gumon qilingan kishining mana shunday baxtsizligiga guvoh bo‘ladi. “Qizil xandaq”ning marhum xo‘jayini butun umr jamiyat nafratini his etib, tanholikda yashadi. Xo‘sh, aslida ham jinoyatni u amalga oshirgan edimi? Har holda, rad etib bo‘lmas ikki dalil odamlarni shunday gumonga boshlardi. Qotil aslida kim edi? Bu qasddan rejalashtirilgan qotillik edimi yoki baxtsiz tasodif? Nega “Qizil xandaq”ning yangi xo‘jayini asl qotilning iqrorini tinglagan bo‘lsa-da, marhum qaynotasi sha’niga yog‘ilgan tuhmatni bartaraf etishni uzoq yillar davomida paysalga solib keldi?

