Sirkon - o‘simlik o‘sishini boshqaruvchi, urug‘ unishini faollashtiruvchi, kuchli ildiz hosil qiluvchi, kasalliklarga chidamlilik, gullash va meva hosil qilish induktoridir. O‘simliklarga u yoki bu kimyoviy, biologik va fizik omillar ta’sir qilganda stressni yengilroq o‘tkazish imkonini beradi.
Preparatning afzalliklari:
-ko‘chatlar, yirik ko‘chatlar va boshqa ekish materiallarining tutuvchanligini oshiradi, urug‘lar, tuganaklar, ayniqsa nokonditsion urug‘larning unuvchanligini oshiradi;
- UB-V (qisqa to‘lqinli nurlanish), yuqori harorat, qurg‘oqchilikdan himoya qiladi;
- fotosintez jadalligini oshiradi;
- ildiz o‘sishini noyob faollashtiruvchi, ildiz tizimining uzunligi va massasini oshiradi;
-barg apparatining rivojlanishini rag‘batlantiradi;
- stressga qarshi xususiyatlarga ega;
- pestitsidlarning zararli organizmlarga ta’siri samaradorligini ularning ekin uchun fitotoksikligi pasayishi fonida kuchaytiradi;
-ekinlar hosildorligini oshiradi;
-rezavor, sabzavot, ko‘kat va boshqa ekinlarga ishlov berilgandan so‘ng mahsulotni keyingi sutkada iste’mol qilish mumkin.

