🔥 MICKING Gold Super+ 5W-30 — zamonaviy benzinli dvigatellar uchun maxsus ishlab chiqilgan, yuqori sifatli toʻliq sintetik (Fully Synthetic) motor moyi. Janubiy Koreyaning yetakchi "Michang Oil" zavodida tayyorlangan ushbu moy motorning har qanday ogʻir sharoitlarda ham maksimal darajada himoyalanishini ta'minlaydi.
💎 MICKING Gold Super+ moyining asosiy afzalliklari:
• Yuqori sifatli baza: Toʻliq sintetik bazaviy moylar va ilgʻor qoʻshimchalar (additives) paketi asnosida ishlab chiqarilgan.
• Ob-havoga chidamlilik: Har qanday ekstremal ob-havo sharoitida oʻz xususiyatlarini yoʻqotmaydi, qishning eng sovuq kunlarida ham dvigatelning oson va xavfsiz oʻt olishini (start) ta'minlaydi.
• Ishqalanishga qarshi yuqori himoya: Motor detallari oʻrtasidagi ishqalanishni kamaytiradi, eskirishdan himoya qiladi va dvigatelning umumiy xizmat resursini sezilarli darajada uzaytiradi.
• Tejamkorlik va ekologiya: Yoqilgʻi sarfini (rasxod) kamaytirishga yordam beradi hamda atmosfera chiqadigan zararli gazlar miqdorini kamaytiradi.
🚗 Mosligi:
Zavod yoʻriqnomasi boʻyicha API SM/CF, ILSAC GF-4 yoki ACEA A5/B5 standartidagi 5W-30 yopishqoqlikdagi moy talab qilinadigan barcha zamonaviy benzinli avtomobillar uchun mos keladi. Chevrolet (Cobalt, Gentra, Nexia 3, Spark, Tracker, Malibu), Hyundai, KIA, Toyota va boshqa koʻplab xorijiy avtomashinalar uchun ajoyib tanlov.

