Ushbu darsliklar yordamida siz DTM va Milliy sertifikat imtihonlariga samarali tayyorgarlik ko‘rishingiz mumkin.
Mazkur to‘plamning maqsadi — rus tilining asosiy bo‘limlari bo‘yicha chuqur va har tomonlama tayyorgarlikni ta’minlash SINTAKSIS, PUNKSTUASIYA VA STILISTIKA. To‘plamdagi har bir mavzuga oid testlar oldin o‘rganilgan materiallarga tayangan holda bilimlarni tizimlashtirish va nazariyani mustahkamlashga yordam beradi.
Material «oddiydan murakkabga» tamoyili asosida tuzilgan bo‘lib, abituriyentlarga bosqichma-bosqich bilimlarini chuqurlashtirish imkonini beradi. Siz o‘z bilimlaringiz darajasini mustaqil nazorat qilib, kamchiliklarni aniqlab, ularni samarali bartaraf eta olasiz. Har bir test uchun javoblar berilgan bo‘lib, bu mustaqil tekshiruv va xatolarni tahlil qilishni osonlashtiradi.
Ushbu to‘plam yordamida rus tili grammatikasini o‘rganish nafaqat imtihonlarda muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi, balki tilni yanada mukammal o‘zlashtirish va keyingi ta’lim hamda kasbiy faoliyat uchun muhim ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilad

