Mirkarim Osim ijodida tarixiy-biografik mavzu alohida o'rin tutadi. Uning ''Zulmat ichra nur'', ''Jayhun ustida bulutlar'', ''Ibn Sino qissasi'', Al-Jabrning tug'ilishi'', ''Singan setor'' qissalari sara asarlar toifasiga kiradi. Adib ushbu asarlarida qahramonlarning xarakterini ochib berarkan, ularning qirralarini, ya'ni to'g'ri yo'lni topa bilish, halollik, rostgo'ylik, pokdomonlik, ilm-hikmatga sodiqlik, vatanparvarlik, insoniy g'urur kabi fazilatlarni ulug'laydi.

