• Sinan Akyuz: Yaralangan qush hamon uchmoqda
“Yaralangan qush hamon uchmoqda” kitobi sotuvda!
Bu roman sizga yaxshi kayfiyatni va’da qilmaydi. Chunki u ruhni uyg‘otish, qalbni bezovta qilish uchun yozilgan. Anglaysizki, urush faqat o‘ldirmaydi — ba’zan tirik qoldirib ham jazolaydi.
Bu asarni o‘qib bo‘lgach, ehtimol, dunyoga o‘zgacha nigoh bilan boqmassiz. Lekin insonlarni boshqacha his qila boshlaysiz.
Eng muhimi, yaralangan qushni qachondir ko‘rib qolsangiz, endi uning uchayotganiga emas, balki nimaning evaziga parvoz qilayotganiga e’tibor qaratasiz.

