Rapoo MT560 — Bir vaqtning o‘zida bir nechta qurilmani boshqaring! Agar ish stolingizda noutbuk, kompyuter va planshet bo'lsa, Rapoo MT560 sizning eng yaqin yordamchingizga aylanadi. Bu sichqoncha murakkab simlarsiz barcha gadjetlaringizni bitta qurilmaga birlashtiradi.
Nima uchun ushbu modelni tanlash kerak?
- Multi-mode Simiz Aloqa: Bluetooth 3.0, 5.0 va 2.4 GHz USB adapter orqali ishlaydi. Bu esa sichqonchani deyarli har qanday aqlli qurilmaga ulash imkonini beradi.
- 4 tagacha Qurilmaga Ulanish: Sichqoncha bir vaqtning o'zida 4 tagacha qurilmaga bog'lanishi mumkin. Qurilmalar o'rtasida almashish bor-yo'g'i bitta tugmani bosish orqali amalga oshadi.
- Sozlanuvchi DPI (4000 gacha): 600 dan 4000 DPI gacha bo'lgan 4 ta daraja sensor sezgirligini ishingizga qarab (grafik dizayn yoki oddiy ofis ishi) moslash imkonini beradi.
- O'rnatilgan Akkumulyator: Batareya sotib olishga hojat yo'q! USB-C porti orqali quvvatlanadi va bir marta to'liq quvvat bilan uzoq vaqt (foydalanishga qarab 30 kungacha) xizmat qiladi.
- Ergonomik Shakl: Sichqoncha kaftingizga ideal mos tushadi, bu esa uzoq vaqt davomida qo'l toliqishining oldini oladi. Yon tugmalar esa brauzerda ishlashni tezlashtiradi.
- Ovozsiz Tugmalar (Silent Switches): Tugmalar bosilganda deyarli ovoz chiqarmaydi, bu esa ofisda yoki tungi vaqtda ishlash uchun juda qulay.