Rang: Siyohrang
AfzalliklariBu naushnik juda yoqdi, man uchun maksimal qulay va chiroyli. Bunda ziragi alojida olingan lekin ishlashi zoʻr. Gaplashsamam ovozim gʻongʻillab eshitilmidi u tarafga. Yana muzikala yoki ovozla xuddi xonada turganimda qanaqa eshitilsa, shunaqa eshitiladi. Qulay tushib ketmidi qulogʻimdan, roʻmolimni tagidayam yaxshi turadi. Agar hech narsaga ulamasammam ichida oʻzini muzikalari bor eshitsa boʻladi, ertalab yugurisjga chiqqanda masalan. Uni naushnik debam oʻylamidi odam, uni zirak deb oʻylashvotti. Uydayam qoganlarini gapiniyam eshitib ham ulaga javob bera olaman, ham muzikamni orqa fonda eshita olaman. Eng muhim joyi qulogʻimni ogʻritmadi. Koʻpincha ogʻritadi naushnikla, man buni kun boʻyi taqib yuraman. Zaryadkasiyam bemalol yetadi bir, bir yarim kunga. Shu brendni tanlaganim mani eng yaxshi tanlovlarimdan bittasi boʻldi deb oʻyliman. Zararli bluetoothli naushnikla deyishadi, shunga anchagacha ikkilandim. Keyin toʻlqinlari unchalik zararlimasligi, xatto quyosh nurlari toʻlqini bundan zararliroq boʻlishi mumkinligini bilgach brendni anchaga oʻrganib keyin oldim. Puliga arzidi. Yana boshqa ranglari va qimmatroqlaridanam olishni rejalashtirdim. Rahmat shunaqa sifatli mahsulotlarni Uzumga olib kirganila uchun. Zoʻr mahsulot 👍🏻
KamchiliklariYoʻq
IzohOlishilani tafsiya qilaman