
Sotib olishdan oldin mahsulotning jonli suratlarini ko‘rishingiz mumkin. Ularning barchasi aynan sotilayotgan mahsulot bilan olingan.





Pods Pro 2 Premium — kuchli bass, tiniq ovoz va qulay boshqaruvga ega premium simsiz quloqchinlar. Model iPhone, Android va boshqa Bluetooth qurilmalariga tez ulanadi, bir quvvatda 4 soatgacha, zaryadlovchi keys bilan esa jami 16 soatgacha ishlaydi. Har bir buyurtmaga himoya chexoli sovg‘a qilinadi.
Premium H2 Pro chipi musiqada chuqur bass va tiniq ovozni ta’minlaydi. Bluetooth orqali ulanish tez va barqaror bo‘lib, ochiq joyda taxminan 10–15 metrgacha masofada ishlashi mumkin.
Quloqni avtomatik aniqlash funksiyasi tufayli quloqchinni yechganingizda musiqa avtomatik pauzaga tushadi. Musiqani to‘xtatish va davom ettirish, treklarni almashtirish hamda oyoqcha bo‘ylab surish orqali ovoz balandligini boshqarish mumkin. Ushbu Pods Pro 2 Premium modelida ANC funksiyasi mavjud emas.
Komplektda quloqqa mos tushishi uchun XS, S, M va L o‘lchamdagi 4 xil silikon ambushyura mavjud. IPX4 himoya darajasi quloqchinlarni ter va suv sachrashidan himoya qiladi. Sifatli mikrofon qo‘ng‘iroqlar va ovozli xabarlar vaqtida ovozingizni aniq uzatadi. Zaryadlovchi keys ichida ham alohida dinamik o‘rnatilgan.
Model simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi — quloqchin keysini mos simsiz zaryadlovchi qurilmaga qo‘yish kifoya.
18 oylik kafolat xaridingizni himoya qiladi: agar ishlab chiqarish nuqsoni aniqlansa, mahsulotni almashtiramiz yoki pulingizni qaytaramiz.

