AfzalliklariBass sfati zor💣
KamchiliklariKamchilik yoq
IzohJuda zo‘r quloqchin ekan, kutganimdan ham yaxshiroq chiqdi 😍 Ovoz sifati juda tiniq, basslari ham kuchli va yoqimli. Musiqa eshitganda ovozi juda chiroyli chiqadi, baland qilganda ham ovoz buzilmaydi. Quloqqa juda qulay o‘tiradi, uzoq vaqt ishlatsam ham bezovta qilmadi. Telfon bilan ulanishi ham tez va muammosiz bo‘ldi. Tashqi ko‘rinishi ham juda chiroyli, o‘zi ixcham va premium ko‘rinadi. Ovoz sifati va qulayligi menga juda yoqdi. Umuman olganda, puliga arziydigan juda yaxshi quloqchin, xaridimdan rosa mamnun bo‘ldim alohida bonusi uchun rahmat zor boldi🔥